Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Aholi muhofazasi va fuqarolik mudofaasi uchun 26 mlrd dollar...

Aholi muhofazasi va fuqarolik mudofaasi uchun 26 mlrd dollar...

Polsha kelgusi besh yil davomida aholini himoya qilish va fuqarolik mudofaasi dasturi uchun 102,4 milliard zlotiy, ya’ni taxminan 26 milliard dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dasturning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga himoya inshootlari va boshpanalar qurish, qutqaruv uskunalari hamda tegishli infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, inqirozli vaziyatlar va tabiiy ofatlar uchun zarur zaxiralarni shakllantirish kiradi.

Bundan tashqari, ogohlantirish tizimlari, axborot texnologiyalari infratuzilmasi hamda muassasalar va xizmatlar o‘rtasidagi himoyalangan aloqa tizimlarini rivojlantirish uchun ham mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Reuters ta’kidlashicha, dastur mamlakat va aholini tabiiy ofatlarga, jumladan, suv toshqinlariga tayyorlashni ham nazarda tutadi.

Kiritildi: Bugun 05:47. O'qildi: 49 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!