Dushanba kuni Afg‘onistonning shimoli-sharqida suv toshqinlari oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda hukumat rahbariyati ma’lum qildi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, yana 80 kishi jarohatlangan, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin.
Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi va infratuzilmaga eng katta zarar Nuriston viloyatining poytaxti Parunda qayd etilgan. Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi chekka viloyatda qidiruv-qutqaruv operasiyasi boshlandi.
Afg‘oniston iqlim o‘zgarishi ta’siriga eng zaif mamlakatlar qatoriga kiradi, bu esa mamlakatning ba’zi qismlarini qurg‘oqchilikka, boshqalarini esa kuchli yog‘ingarchilikka ko‘proq moyil qildi. Agentlikning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yilliklarda Nuriston va boshqa viloyatlardagi o‘rmonlarning kesilishi yomg‘ir suvining tuproqqa singishini sekinlashtirib, suv toshqinlari muammosini yanada kuchaytirdi.