Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Afg‘onistonda opium ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi

Afg‘onistonda opium ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi

BMTning Venadagi giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)ning yangi hisobotiga ko‘ra, Afg‘onistonda 2025 yildan beri opium ishlab chiqarish hajmi 400 foizga oshgan. 2026 yilda opium ko‘knori ekilgan maydonlar 43 000 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, bir yil avval bu ko‘rsatkich atigi 10 000 gektarni tashkil etgan edi. Yetishtirilgan mahsulot hajmi esa o‘tgan yilgi 300 tonnadan joriy yilda 1 500 tonnagacha yetdi.

2022 yilda Afg‘onistonda hokimiyatni qayta egallab olgan «Tolibon» radikal harakati opium yetishtirishni taqiqlagan edi. Hujjatda ta’kidlanishicha, ushbu keskin o‘sishga qaramay, hozirda ko‘knori ekilgan maydonlar toliblar taqiqiga qadar mavjud bo‘lgan 200 000 gektarlik ko‘rsatkichga nisbatan hali ham sezilarli darajada kam.

Shu bilan birga, BMT boshqarmasi hisobotida keltirilishicha, opium savdosidagi vositachilarning daromadlari 525 million yevroga yetdi va bu ko‘rsatkich «Tolibon» tomonidan taqiq joriy etilishidan oldingi darajaga deyarli tenglashib oldi.

Kiritildi: 15:55 30.10.2026. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!