Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Abituriyentlarning 37,5 foizi minimal ball to‘play olmagan

Abituriyentlarning 37,5 foizi minimal ball to‘play olmagan

O‘zbekistondagi oliygohlarga joriy kirish imtihonlarida 37,5 foiz abituriyent eng past ballni ham yig‘a olmadi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov 18 avgustda Toshkent shahrida o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Jurnalistlar bilan suhbatda vazirlik rasmiysi test sinovlarida minimal ball to‘playotgan abituriyentlar soni kamayib borayotganini ta’kidlagan.

“Joriy imtihonlarda jami 233 935 nafar abituriyent 56,7 balldan past ball to‘plagan. Bu umumiy abituriyentlar sonining 37,54 foiziga teng. Bu ko‘rsatkich 2025 yilda 41 foiz, 2024 yilda 43 foiz, 2023 yilda 46 foiz bo‘lgan. Ya’ni past ball oluvchilar soni yildan yilga kamayib bormoqda”, dedi u.

Sardor Rajabovga ko‘ra, bu yil davlat granti asosida o‘qishga kirish uchun o‘rtacha 134,6 ball, kontraktga esa 93,7 ball to‘plangan.

Joriy o‘quv yilida 677,9 ming nafar abituriyent oliygohlarga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 389,1 ming nafari 56,7 balldan yuqori natija qayd etib, tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan. Ikkinchi bosqichda abituriyentlarga o‘z natijalaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyati berilgan. Natijada 357,6 ming nafar abituriyent o‘z tanlovini amalga oshirgan.

Yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 209,1 ming nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan. Shundan 52,8 ming nafari davlat granti, 156,3 ming nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Shuningdek, belgilangan imtiyozlar bo‘yicha alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida 20,5 ming nafar abituriyent talabalikka qabul qilingan.

Kiritildi: 12:42 18.08.2026. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!