Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

2026–2027 o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarini yuklab olishi mumkin.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qilishicha, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi.

Abituriyentlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz portali orqali shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR) hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishi mumkin.

Test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar belgilangan vaqtdan kechikmasdan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Bilim va malakalarni baholash agentligiga ko‘ra, pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Kiritildi: 12:46 08.07.2026. O'qildi: 998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!