Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi

6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi

6 yildan buyon yurtimizda firibgarlik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi.

Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha lisenziyaga ega bo‘lmagan holda fuqarolarga AQSh va Yevropa davlatlarida yuqori maoshli ish va’da qilib, katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, odam savdosi bilan bog‘liq ish doirasida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan yana bir gumonlanuvchi ham ushlangan.

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida hozirda yana bir nechta qidiruvdagi shaxslarni aniqlash, ushlash va O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli prosessual hamda tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:21. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!