Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi

33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi

1️⃣Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi, 1996 y.t. shaxs va uning 1999 y.t. samarqandlik tanishi poytaxt hududida to‘xtatilib tekshirildi.

Natijada, ularning yonida 8400 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ular vaqtinchalik ombor sifatida foydalanib kelayotgan Chilonzor tumanidagi xonadondan ham 12600 dona “Regapen” va 10 ming dona turli xildagi, ishlab chiqarish firmasi aniq bo‘lmagan, qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalari, dorilarni qadoqlashda foydalaniladigan 500 dona idishlar va qalbaki dorilarning qadoqlariga tegishli qaydlarni yozishga mo‘ljallangan markerlovchi mini-printer qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

2️⃣DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, 1994 y.t. shaxs 6 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 600 ming so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga bu turdagi dori vositalarini yetkazib berib turgan, Namangan shahrida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro ham poytaxt hududida ushlandi.
Uning “Treker” rusumli avtotransport vositasidan 12400 dona “Zardeks” va 14 dona “Regapen” dori vositalari prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🗣️Hurmatli fuqarolar giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!