🪙 Jumladan, Asaka tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro 100 va 200 ming so‘mlik soxta banknotlardan iborat, jami 297 mln so‘m qalbaki pulni shartli xaridorga 148 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
🕵️♂️ So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzilda qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan kompyuter, «Epson» rusumli printer, «A4» hajmdagi maxsus qog‘ozlarga chop etilgan yarim tayyor holdagi 50 va 100 ming so‘mlik kupyuralar hamda qog‘oz kesuvchi uskunalar prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
⚖️ Hozirda DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi tomonidan mazkur fuqaro va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.