Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2027 yilgi Davlat byudjeti rejalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, kelgusi yilda ta’lim sohasiga 114,3 trln so‘m, sog‘liqni saqlash sohasiga esa 61,4 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish uchun 70 trln so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.