Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri 10-umumta’lim maktabi o‘quvchi-qizlarining fotosuratlari ekanligi iddao qilingan tasvirlardagi qizlardan darhaqiqat 1 nafari mazkur maktab o‘quvchisi 2008 yilda tavallud topgan X.T ekanligi aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlar 2024 yil yoz mavsumiga tegishli bo‘lib, maktab tomonidan o‘quvchi-qiz dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashmaganligi sababli 10-sinfda qoldirilgan va joriy o‘quv yilida ham X.T muntazam dars mashg‘ulotlarini qoldirib kelmoqda.
X.Tning xulqi va xatti-harakatlari yuzasidan bir necha bor profilaktik suhbatlar olib borilganligi va hozirda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish tashkil etilib, X.T "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi"ga joylashtirilganligini ma’lum qilamiz.