Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ijtimoiy himoya organlari “Real Sanjik”ning bayonoti bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Ijtimoiy himoya organlari “Real Sanjik”ning bayonoti bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi ma’lumot berishicha, 2025 yil 24 oktyabr kuni bloger “Mehribonlik” uyi №22 ga tashrif buyurib, turar-joyni tekin foydalanishga berish niyati haqida ariza qoldirgan. Biroq hozirga qadar uyni rasman topshirish bo‘yicha notarial hujjatlar taqdim etilmagan.

Muassasa to‘liq davlat ta’minotida faoliyat yuritadi bolalar uy-joy, kiyim-kechak, ta’lim va tibbiy xizmat bilan davlat hisobiga ta’minlanadi. Shu sababli davlat muassasalariga ko‘chmas mulk yoki boshqa moddiy yordam shaklida topshirish zarur emas.

Hozirda mamlakatda bolalarni oila muhitiga yaqin sharoitda tarbiyalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu orqali bolalar vasiylik yoki g‘amxo‘rlik asosida tarbiyalanishiga keng imkoniyat yaratilmoqda.

Agentlik bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslarni ma’qullaydi, biroq bu jarayonda amaldagi huquqiy tartiblarga rioya etish lozimligini eslatadi.

Kiritildi: 16:04 27.10.2025. O'qildi: 949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!