"Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (676-son, 25.10.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:
🔹 “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarga haydovchilarni tayyorlash majburiy o‘quv dasturini o‘tamasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish huquqi beriladi.
✔️ Bunda:
🔸 talabgorlar o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qishi yoxud mustaqil tayyorlanishi mumkin bo‘ladi;
🔸 milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlardan haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatgani haqida guvohnoma talab etilmaydi;
🔸 “A”, “V”, “S”, “D” toifadagi avtomototransport vositalaridan birini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish huquqiga ega bo‘ladi;
🔸 “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy imtihonda 20 ta elektron (animasion) test savollaridan kamida 16 tasiga to‘g‘ri
javob bergan haydovchilikka nomzodlar “nazariy imtihonni topshirgan” deb hisoblanadi va amaliy imtihonga qo‘yiladi;
🔸 imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga “A1” kichik toifaga kiradigan transport vositalarini boshqarishga ruxsat berilganligi to‘g‘risida ma’lumot aks etgan milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.
📝 2026 yil 1 fevraldan boshlab
“A” va “V” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi.