Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tojikiston chegarachilari va “Tolibon” harakati kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi — Asia-Plus

Tojikiston chegarachilari va “Tolibon” harakati kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi — Asia-Plus

Nashr manbalariga ko‘ra, otishma 25 oktyabrda Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumani va Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Shahri Buzurg tumani o‘rtasida joylashgan Dovang qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

"Dastlab, mojaroga ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy chegara bo‘lgan Panj daryosi o‘zanining o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Bu masala avval ham tomonlar o‘rtasida tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Voqea xorijiy kompaniyalar, jumladan, Xitoy kompaniyalari ishlaydigan oltin qazib olish zonasida sodir bo‘lgan", deya yozmoqda Asia-Plus.

Manbalarning ma’lum qilishicha, otishma qurbonlarga olib kelgan, biroq qurbonlar va jarohatlanganlarning aniq soni hozircha ma’lum emas. Qaysi tomondan yo‘qotishlar borligiga aniqlik kiritilmagan. Tojikiston rasmiylari va “Tolibon” vakillari hozircha voqeaga izoh bermadi.

Kiritildi: 19:25 27.10.2025. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!