Xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE jahon chempioni Rustam Qosimjonov O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Uning boshchiligidagi milliy jamoa oldida quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash.
- yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish.
- jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash.