Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Vinisius: «Yaxshisi, men ketay. Hammasi jonga tegdi»

Vinisius: «Yaxshisi, men ketay. Hammasi jonga tegdi»

"Real" hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya La Ligasining 10-turida "Barselona"ga qarshi o‘yinda (2:1) almashtirilganidan so‘ng jamoani tark etish istagi haqida gapirgan.

25 yoshli braziliyalik futbolchi 72-daqiqada zaxiraga oldindi. U noroziligini ochiq namoyon qilib, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan qo‘l berib ko‘rishmadi.

DAZN xabariga ko‘ra, Vinisius Alonsoga shunday degan: "Men? Murabbiy? Murabbiy yana menmi? Doim shunday. Yaxshisi, men ketay. Hammasi jonga tegdi".

Vinisius 2018 yildan beri "Real" safida to‘p tepib kelmoqda. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 17:39 27.10.2025. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!