Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

1 yanvardan “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominasiyasi joriy etiladi

1 yanvardan “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominasiyasi joriy etiladi

Qonunchilikka muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab mahallalarda soliq to‘lov intizomi va tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominasiyasi joriy etiladi.

Belgilanishicha, mazkur nominasiya g‘oliblarini aniqlashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:

  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’ektlari soni;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar soni;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
  • mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘langanlik darajasi.
Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!