2026 yil 1 sentyabrdan brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘lkira haqini to‘lash bo‘yicha yangi tartib kuchga kiradi.
Yangi tartibga ko‘ra, yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart.
Yo‘lkira haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek, bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi.
Agar yo‘lovchi avtobusga chiqish vaqtida yo‘lkira haqini to‘lamasa yoki imtiyozga ega ekanini tasdiqlamasa, u chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.