Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

1-bosqich talabalari uchun yotoqxonaga ariza berish boshlandi

1-bosqich talabalari uchun yotoqxonaga ariza berish boshlandi

2026-2027 o‘quv yilida OTMning 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha ariza topshirish xizmati ishga tushirildi. Arizalar 18 avgustdan Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar endi talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Ariza Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali beriladi.

Talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish belgilangan tartib hamda mavjud bo‘sh o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Amaldagi reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan keyin qolgan bo‘sh o‘rinlar umumiy ro‘yxatdagi talabalarga navbat asosida taqsimlanadi.

Bunda 1-kurs talabalari uchun talabalar turar joylaridagi o‘rinlarning 55–65 foizgachasi ajratilishi belgilangan.

Shu tariqa, 2026-2027 o‘quv yilida birinchi bosqichga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlar 18 avgustdan yotoqxonaga joylashish uchun elektron yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishi mumkin.

Kiritildi: 15:28 18.08.2026. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!