Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori Z.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro O.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali savdo shoxobchasini ichimlik suvi ta’minotiga ulatib texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 6 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.