Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dilnoza Kattaxonova nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Dilnoza Kattaxonova nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Telegram’da Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova nomidan soxta akkaunt ochilib, fuqarolarga yolg‘on xabarlar yuborilmoqda.

Xususan, soxta akkaunt orqali “Jamoatchilik kengashi a’zolarining shaxsiy ma’lumotlari tarqatilishi bo‘yicha surishtiruv” haqida xabarlar tarqatilgan. Qo‘mita bu ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va firibgarlik maqsadida yuborilayotganini ma’lum qildi.

Fuqarolardan bunday akkauntlarga javob bermaslik, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik va shubhali havolalarga kirmaslik so‘raldi.

Kiritildi: Bugun 12:09. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!