Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda informatika o‘qituvchisi va o‘quvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Ko‘pchilik turli taxminlar qildi, ammo rasmiy tekshiruv va adolatli tergov xulosasi vaziyatga butunlay oydinlik kiritdi: O‘qituvchi aybsiz deb topildi!

Aniqlanishicha, muallim dars jarayonini va o‘z kasbiy sha’nini qonuniy doirada himoya qilgan. Intizomni buzgan, ustoziga bepisand munosabatda bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan esa qonuniy tartibda ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi.

Bu voqea va uning huquqiy yechimi jamiyatimiz uchun juda muhim bir haqiqatni ko‘rsatib berdi: Davlatimizda adolat hamisha qaror topadi! O‘qituvchi shunchaki oddiy xodim emas, u — kelajak avlodni shakllantirayotgan davlat vakilidir. Bugun qonunlarimiz ham, davlatimiz ham pedagogning obro‘-e’tibori va qadr-qimmatini yuksak darajada himoya qilmoqda.

Kiritildi: 16:44 26.05.2026. O'qildi: 4138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!