Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.F.” MCHJ rahbari A.A. va boshqalar Ohangaron shahri "Guliston" MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:25 04.05.2026. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!