Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

21 yil davomida Pokistonda vizasiz yashagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

21 yil davomida Pokistonda vizasiz yashagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi diplomatlar ko‘magida Vatanga qaytarildi.

Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.J. 2005 yildan buyon Pokiston hududida vizasiz, noqonuniy yashab kelgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan. U shu yil fevral oyida O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘rab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, u 2005 yilda Pokiston fuqarosi bilan turmush qurish maqsadida ushbu mamlakatga kelgan. Biroq shu yilning o‘zida turmush o‘rtog‘i yo‘l-transport hodisasiga uchrab, nogiron bo‘lib qolgan. Shundan buyon u turmush o‘rtog‘ini parvarishlab kelgan. Hozirda uning salomatligi nisbatan yaxshilangan bo‘lsa-da, nogironlik holati saqlanib qolgan.

O‘rganishlar davomida yurtdoshimizning moliyaviy imkoniyatlari cheklangani, faqat kundalik ehtiyojlarni qoplash darajasida ekani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng elchixona tomonidan uning shaxsi va fuqaroligi tasdiqlanib, Vatanga qaytish uchun tegishli sertifikat rasmiylashtirildi. Shuningdek, Pokiston Ichki ishlar vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 21 yil davomida vizasiz yashagani uchun belgilangan 8400 AQSh dollari miqdoridagi jarima bekor qilindi va mamlakatni tark etishga ruxsat berildi.

Qo‘shimcha qilinishicha, diplomatik missiya ko‘magida fuqaro uchun aviatashish ham tashkil etildi. U Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Islomobod–Toshkent» yo‘nalishi orqali 2 may kuni O‘zbekistonga qaytarildi.

Kiritildi: Bugun 13:57. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!