2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 38 million 69,1 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga ko‘paygan.
Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida:
✅tug‘ilganlar soni — 664,6 ming nafar,
✅vafot etganlar soni — 132,2 ming nafar,
✅tabiiy o‘sish — 532,4 ming nafarni tashkil etdi.
Shu davrda mamlakatga 1 133 nafar kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 7 585 nafar kishi xorijga ko‘chib ketgan. Qayd etilgan nikohlar soni — 177,0 mingta, ajralishlar soni — 35,4 mingtani tashkil etdi.