AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning sobiq tahlilchisi Larri Jonson Polshaning Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyotini hibsga olish niyatini “aqldan ozish” deb baholadi.
Bu haqda u TASS agentligiga bergan izohida ma’lum qildi.
Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, agar Putin Vengriyada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun yo‘lga chiqsa, uning parvoz yo‘nalishi katta ehtimol bilan Bolgariya hududi orqali o‘tadi.
“Men Ruminiya yoki Polshaning, balki boshqa ayrim Yevropa davlatlarining ham prezident Putinni hibsga olishga urinishini inkor etmayman. Ular jinnilik qilmoqda”, — dedi sobiq tahlilchi.
Uning ta’kidlashicha, bunday urinishlar xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin va ayrim davlatlardagi siyosatchilar buning jiddiyligini anglamaydi.
Jonson bu harakatlarni “mas’uliyatsiz va provokasion” deb atadi hamda Yevropa xavfsizligi uchun yangi inqirozga sabab bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.