Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi

O‘zbekistonda “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi

22 oktyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan yil boshidan buyon ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 9 mlrd kWh'ga yetdi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra , bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.

“Yashil” energiya hisobidan 2 mlrd 730 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi, atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Joriy yil boshidan 22 oktyabr soat 19:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14 mlrd 520 mln kWh elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu mamlakatdagi umumiy generasiyaning 23 foiziini “yashil energiya” tashkil etayotganini anglatadi. Bu esa 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng.

Kiritildi: 14:27 23.10.2025. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!