Toshkent shahar IIBB sun’iy intellekt orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik sxemasidan ogohlantirdi.
Bunda sun’iy intellekt orqali mashhur shaxslarning yuzidan foydalangan holda fuqarolarga ehson, bir martalik pul mukofoti berilayotgani to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqatiladi va ularga maxsus link biriktiriladi.
Agar fuqaro ushbu havoladan foydalansa firibgarlar ularning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashadi va plastik kartalaridan pullarni yechib olishlari mumkin.
“Fuqarolar hozirda bank plastik kartamda pul yo‘q, qanday yechib oladi deyishlari mumkin. Firibgarlarda ulanib olish imkoni bo‘ladi va ular pul tushishi bilan yechib olishadi”, deyiladi xabarda.
Agarda qandaydir muammo bo‘lib, fuqarolardan pul o‘g‘irlash holati yuz bersa “102” qisqa raqami orqali xabar qilish so‘raldi.