Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Andijon viloyatida 216,8 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Andijon viloyatida 216,8 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, IIB va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan G.B. va boshqalar “Tracker” rusumli avtomashinada 200 dona “Vokartin” dori vositasini Izboskan tumandagi xususiy shifoxonaga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida umumiy bahosi 216,8 mln so‘mlik 16 turdagi jami 3 525 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:41 21.10.2025. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!