Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi qamoqxonaga jo‘natildi — Reuters

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi qamoqxonaga jo‘natildi — Reuters

Besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan Nikolya Sarkozi bugun, 21 oktyabr kuni qamoqxonaga yo‘l oldi, deya xabar bermoqda agentlik.

2007 yilgi saylovoldi kampaniyasini Liviyadan noqonuniy moliyalashtirish bo‘yicha jinoiy til biriktirishda aybdor deb topilib, besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq prezident Parijdagi La Santé qamoqxonasida jazoni ijro etishni boshlaydi.

"Sarkozi qamoqxonaning xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan maxsus qismiga joylashtiriladi. Biroq u uchun alohida sharoitlar nazarda tutilmagan. Sobiq prezidentga 12 kvadrat metrgacha bo‘lgan o‘lchamli odatdagi kamera ajratiladi. Unda dush, muzlatkich va televizor bo‘ladi", deya yozmoqda Reuters.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiy Nikolya Sarkozining saylovoldi kampaniyasini millionlab yevro bilan ta’minlagan, mablag‘lar Parijga naqd pul shaklida yuborilgan. Sobiq prezident esa barcha ayblovlarni rad etgan.

Kiritildi: 16:25 21.10.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!