Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

“Adolat” partiyasi yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar berdi

“Adolat” partiyasi yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar berdi

Mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganiga qaramasdan, yo‘l-transport hodisalari soni hali ham yuqori. 2024 yilda 9 364 ta hodisada qariyb 9 ming kishi jarohat olgan, 2 203 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Shu munosabat bilan “Adolat” sosial-demokratik partiyasi inson hayotini himoya qilishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi:

➖Yo‘l-transport hodisalarida o‘lim holatlarini kamaytirish uchun Vision Zero xalqaro dasturi joriy etish;

➖Bolalar xavfsizligi uchun “Maktab atrofi – xavfsiz hudud” dasturi qabul qilinib, nur qaytaruvchi jilet va ryukzaklar joriy etish;

➖Qoidalarni muntazam buzgan haydovchilar uchun sug‘urta to‘lovlarini oshirish;

➖Bolalar o‘limi bilan bog‘liq hodisalarda jazoni ikki barobar og‘irlashtirish;

➖Tezlikni doimiy ravishda oshirgan haydovchilarni haydovchilik huquqidan 10 yilgacha mahrum etish, mast holda inson o‘limiga sabab bo‘lganlarni esa umrbod haydovchilik huquqidan mahrum etish.

Partiyaning Oliy Majlisdagi fraksiyasi mazkur takliflar bo‘yicha qonunchilik tashabbusini ilgari surishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 16:02 21.10.2025. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!