Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh G‘azo yoki Isroilga o‘z qo‘shinlarini joylashtiradimi?

AQSh G‘azo yoki Isroilga o‘z qo‘shinlarini joylashtiradimi?

AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektori yoki Isroilga amerikalik qo‘shinlarni joylashtirish niyatida emas va OAVda 200 nafar askar yuborishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz u yerga qo‘shin kiritish niyatimiz yo‘q" - dedi Vens.

Vensning tushuntirishicha, AQSh Markaziy qo‘mondonligining mintaqada "o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kuzatuvchi" va insonparvarlik yordami oqimini ta’minlaydigan xodimlari allaqachon mavjud.

"Dunyoning o‘sha qismida bizda ushbu tinchlik taklifining ayrim jihatlarini kuzatadigan odamlar bor, ammo prezident Isroilga qo‘shin kiritishni rejalashtirmaydi", dedi AQSh vise-prezidenti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bir qancha yirik musulmon davlatlari, jumladan Indoneziya ham o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab qolish va anklavda xavfsizlikni ta’minlash uchun G‘azo sektoriga qo‘shin kiritishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 07:29 13.10.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!