Afg‘on jangarilarining Pokiston chegarasidagi pozisiyalariga uyushtirgan hujumida Pokiston armiyasining 23 nafar xodimi halok bo‘ldi, 29 nafari yaralandi.
Bu haqda yakshanba kuni Pokiston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, afg‘on tomoni 200 dan ortiq qurbon bo‘lgan, Pokiston kuchlari esa hujumlarni qaytargan. Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Pokiston 21 ta post ustidan vaqtinchalik nazorat o‘rnatgan.
11 oktyabr kuni afg‘on toliblari chegaradagi Pokiston pozisiyalariga hujum qildi.