Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Estoniya Rossiya orqali o‘tadigan yo‘ldan butunlay voz kechmoqchi

Estoniya Rossiya orqali o‘tadigan yo‘ldan butunlay voz kechmoqchi

Tallin Rossiyaning Pskov viloyatining bir qismidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lidan foydalanishdan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna ma’lum qildi.

Vazirning tushuntirishicha, Rossiya hududini aylanib o‘tish uchun muqobil yo‘nalish allaqachon mavjud, shuningdek, yangi yo‘l qurilmoqda.

"Saatskiy etigi" - Pskov viloyatining Estoniya hududiga kirib boradigan qismi. Undan avtomobil yo‘li o‘tadi, uning uzunligi Rossiya qismida atigi 800 metrni tashkil qiladi.

Kiritildi: 21:50 12.10.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!