10 oktyabr kuni soat 21:40 da Buxoro viloyati FVBga, "112" tizimi orqali G‘ijduvon tumani "Baqollar" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi "Qalqonrud" kanaliga "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra aytilgan manzilga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan olib chiqishgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.