Koreya Markaziy telegraf agentligining xabar berishicha, KXDR rahbari bu haqda yadroviy sohadagi ilmiy-texnik xodimlar bilan uchrashuvda aytgan.
"Kim Chen In yadroviy qurol mamlakat manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga xizmat qilishini ta’kidladi. KXDR yetakchisi, shuningdek, strategik yadroviy salohiyatga ega bo‘lish kelajakdagi xavfsizlikning ishonchli kafolati hisoblanishini bildirdi", deya yozmoqda agentlik.