Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh jangovar samolyotlari havoga ko‘tarildi

AQSh jangovar samolyotlari havoga ko‘tarildi

AQSh jangovar samolyotlari Alyaska yaqinida Rossiya harbiy samolyotlarini to‘xtatish uchun havoga ko‘tarildi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

"Rossiyaning ikkita Tu-95 va ikkita Su-35 samolyoti Alyaska havo mudofaa zonasiga kirgan. Ularni kuzatish uchun Qo‘shma Shtatlarning E-3 radilokasion samolyoti, to‘rtta F-16 qiruvchisi va to‘rtta KC-135 yoqilg‘i to‘ldiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan", deyiladi AQSh Qurolli kuchlari Shimoliy Amerika kosmik-havo mudofaasi qo‘mondonligi bayonotida.

AQSh harbiylari missiyaning hech qanday kutilmagan hodisasiz o‘tganini va barcha samolyotlar reja bo‘yicha bazaga qaytganini tasdiqladi.

Kiritildi: 21:36 25.09.2025. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!