Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil endi falastinliklarni yoppasiga kuzatolmaydi

Isroil endi falastinliklarni yoppasiga kuzatolmaydi

"Microsoft" korporasiyasi Isroilning "Azure bulut", "Unit 8200" va sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanishini to‘xtatdi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, korxoraning ilgari shartlariga zid ravishda texnologiya falastinliklarning millionlab telefon qo‘ng‘iroqlarini ommaviy tarzda saqlash va tahlil qilish uchun ishlatilgani sabab bo‘lgan.

“Guvohlarning aytishicha, "Unit 8200" tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlar "Microsoft"ning Niderlanddagi ma’lumot markazida saqlangan bo‘lib, ular G‘azo va G‘arbiy sohilda yashovchilarning aloqa tarixini tahlil qilish, kuzatuv ma’lumotlarini AI vositalar yordamida ishlash va hatto havo zarbalari rejalashtirish uchun foydalanilgan”, – deyiladi xabarda.

"Microsoft" vise-prezidenti Brad Smith xodimlarga yo‘llagan maktubida tashkilot bu qarorni “ommaviy kuzatuvga imkon beradigan texnologiyani ta’minlamaslik” prinsipiga asosan qabul qilganini bildirgan.

Shunga qaramay, kompaniya boshqa Isroil harbiy tashkilotlari bilan bo‘lgan texnologik hamkorligini to‘liq tugatmagani aytilmoqda.

Kiritildi: 23:11 26.09.2025. O'qildi: 1812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!