Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" yulduzi Qozog‘iston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

"Real" yulduzi Qozog‘iston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya jamoasining Qozog‘istonga Chempionlar ligasi o‘yiniga kelishi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Real"ning "Qayrat"ga qarshi o‘yin uchun Olma-Otaga tashrifi mahalliy aholi orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

"Juda kech edi, biz aeroportdan chiqayotganimizda bizni kutayotgan shuncha odamni ko‘rdik. Bu g‘urur manbai. Buni qadrlash kerak. Bunday narsalar futboldan ham muhimroq," - deya Valverdening so‘zlarini keltiradi AS.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-tur uchrashuvi ertaga, 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:45'da start oladi.

Kiritildi: 19:01 29.09.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!