O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Atoqli davlat va jamoat arbobi, Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi.
Marhum o‘z xotiralarida birinchi prezident Islom Karimov unga O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lab turuvchi ko‘prikni portlatib yuborishni buyurgani, biroq u buni amalga oshirmay, ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni saqlab qolganini aytgan.