FIFA penalti tepish bilan bog‘liq qoidalarga o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Yangi taklifga ko‘ra, agar darvozabon penaltini qaytara olsa, to‘p qaysi tarafga qaytarilishidan qat’i nazar, darvoza oldidan zarba tayinlanadi. Hozircha to‘p ustun yoki to‘singa tegib maydonga qaytsa, bunday vaziyatda o‘yin qay tarzda davom ettirilishiga izoh berilmagan.
Shuningdek, ushbu qoidani kuchga kirishi uchun Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB) tomonidan ma’qullanishi zarur. Chunki futbol qoidalariga faqat shu tashkilot o‘zgarish kiritish vakolatiga ega. Agar IFABning yillik yig‘ilishida penalti ijrosiga oid tuzatishlar ma’qullansa, avval amalda sinovdan o‘tkaziladi. Faqat shu jarayondan keyingina qoida barcha uchun umumiy qonun sifatida joriy qilinishi mumkin.