Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Netanyaxuning nutqini O‘zbekiston ham boykot qilgan. BAA esa yo‘q

Netanyaxuning nutqini O‘zbekiston ham boykot qilgan. BAA esa yo‘q

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning 41 daqiqa davom etgan BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi butun dunyoda muhokamalarga sabab bo‘ldi – ammo nutqning mazmuni emas, balki uning boshlanishidan oldin ro‘y bergan ommaviy chiqib ketish sababli.

Shanba kuni Isroil rasmiylari qayd etishicha, 77 ta delegasiya yo umuman zalda bo‘lmagan, yoki nutq boshlanishi bilan chiqib ketgan. Ular orasida Isroilning barcha qo‘shnilari – Misr, Urdun, Livan va Suriya, shuningdek Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron ham bor.

Rasmiylar ta’kidlashicha, barcha qatnashmaslik holatlari boykot emas – ba’zi delegasiyalar Nyu-Yorkdagi shu kungi ertalabgi sessiyada umuman qatnashmagan. Masalan, Urdun va Misr delegasiyalari nutqqa chiqib ketmagan, lekin bu maxsus norozilik emas edi.

Pokiston delegasiyasi esa zalni tark etdi, ammo chetda turib nutqni tingladi, deb ma’lum qildi Isroil rasmiylari.

Boshqa tomondan, 2020 yildagi “Ibrohim kelishuvlari”ni imzolagan Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) diplomatlari Netanyahuning nutqini tinglash uchun joylarida qolishdi – bu G‘azodagi urush va Isroil koalisiyasidagi ba’zi a’zolarning G‘arb sohilidagi hududlarni anneksiya qilish chaqiriqlariga qaramasdan sodir bo‘ldi.

Bu chiqib ketish arab va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi – ko‘plab manbalar nutqdan ko‘ra ko‘proq bo‘shab qolgan zalni birinchi sahifaga olib chiqdi. Eron Oliy Rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy ham ushbu chiqish aks etgan suratlarni onlaynda ulashib, Isroilni “eng nafratli va yakkalangan rejim” deb atadi.

Isroil e’lon qilgancha, quyidagi 77 davlat vakillari nutqda qatnashmagan yoki boshlanishi bilan chiqib ketgan:

  1. Surinam

  2. Tuvalu

  3. Turkmaniston

  4. Yaman

  5. Misr

  6. Panama

  7. Senegal

  8. Falastin

  9. Sudan

  10. Tunis

  11. Turkiya

  12. Venesuela

  13. Antigua va Barbuda

  14. Beliz

  15. Kongo

  16. Uman

  17. Qatar

  18. Saudiya Arabistoni

  19. Tonga

  20. O‘zbekiston

  21. Angola

  22. Barbados

  23. Kolumbiya

  24. Komor orollari

  25. Dominika

  26. Jibuti

  27. Shimoliy Makedoniya

  28. San-Marino

  29. Janubiy Afrika

  30. Somali

  31. Aljir

  32. Bangladesh

  33. Bruney

  34. Braziliya

  35. Chili

  36. Kongo Demokratik Respublikasi

  37. Livan

  38. Liberiya

  39. Eritreya

  40. Chad

  41. Markaziy Afrika Respublikasi

  42. Liviya

  43. Mavritaniya

  44. Urdun

  45. Nikaragua

  46. Madagaskar

  47. Niger

  48. Peru

  49. Sent-Lyusiya

  50. Sloveniya

  51. Afg‘oniston

  52. Bagam orollari

  53. Bosniya va Gersegovina

  54. Botsvana

  55. Shimoliy Koreya

  56. Esvatini

  57. Suriya

  58. Uganda

  59. Pokiston

  60. Lesoto

  61. Boliviya

  62. Ispaniya

  63. Kuba

  64. Ekvatorial Gvineya

  65. Eron

  66. Qirg‘iziston

  67. Iroq

  68. Mozambik

  69. Myanma

  70. Irlandiya

  71. Maldiv orollari

  72. Indoneziya

  73. Quvayt

  74. Namibiya

  75. Malayziya

  76. Gayana

  77. Keniya

Kiritildi: 10:58 29.09.2025. O'qildi: 1633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!