Xalqaro Olma-ota aeroporti Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida «Qayrat»ga qarshi o‘yin uchun yetib kelgan «Real» futbolchilarini tantanali ravishda qarshi oldi.
«Xalqaro Olma-ota aeroporti UYEFA Chempionlar ligasi ishtirokchilarini qabul qildi. Bugun Yevropaning eng nufuzli klub turniri doirasida Ispaniyaning “Real” klubi janubiy poytaxtga yetib keldi. Mehmonlar qozoq xalqiga xos mehmondo‘stlik va samimiylik bilan qarshi olindi. Ayniqsa, futbolchilarga Chempionlar ligasi gimnining an’anaviy qozoq musiqiy asboblarida ijro etilishi katta taassurot qoldirdi — bu sportga bo‘lgan muhabbat va milliy musiqa uyg‘unligini namoyon etgan lahza bo‘ldi», — deyiladi Olma-ota aeroporti bayonotida.
«Qayrat» va «Real» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi ertaga, 30 sentyabr kuni, Olma-otadagi «Markaziy» stadionda bo‘lib o‘tadi. Uyin Toshkent vaqti bilan 21:45 da start oladi.