Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres kelasi yozda jamoani kuchaytirmoqchi, deb xabar bermoqda Defensa Central nashri jurnalistlari.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" kamida ikkita kelishuvni rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. "Qaymoqranglilar"ning potensial yangi futbolchilari ro‘yxatida ikki yarim himoyachining ismi bor. Gap "Manchester Siti" xavbeki Rodri va "Komo" futbolchisi Nikolas Pas haqida ketmoqda.
O‘tgan dam olish kunlari Xabi Alonso shogirdlari yangi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib qoldi. "Real" safarda Madridning "Atletiko" klubiga qarshi bahs olib bordi va 2:5 hisobida taslim etildi. Jamoa Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.