Rossiya va Yevropa o‘rtasida urush bo‘lmasligi kerak. Ammo u yuz bersa, katta ehtimol bilan ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanishga olib keladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram kanalida yozdi.
Siyosatchi bunday urush bo‘lmasligi kerakligini aytdi va buni asoslash uchun o‘z “dalillarini” keltirdi:
1. Rossiyaga hech kim bilan, jumladan, Yevropa bilan ham urush kerak emas. U yerda qo‘lga kiritadigan hech narsa yo‘q.
2. Yevropa iqtisodiyoti zaif va AQSHGA qaram, madaniyati esa asta-sekin tanazzulga yuz tutmoqda. Yevropa tajovuzkor muhojirlar orasida erib, o‘zligini yo‘qotib bormoqda.
3. Rossiya xalqining asosiy vazifasi o‘z hududlarini rivojlantirish, shu jumladan qaytib kelgan yerlarimizni tiklashdan iborat. Bu vazifa oson ham, arzon ham emas. Rossiya har doim Yevropaga bosqinchi sifatida emas, balki faqat “ozod qiluvchi” sifatida kelgan.