Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev ta’tilda. Uning vazifasini kim bajaradi?

Shavkat Mirziyoyev ta’tilda. Uning vazifasini kim bajaradi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 sentyabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

Oxirgi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 6 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqib, 2025 yil 10 yanvar sanada qisqa muddatli mehnat ta’tilishdan qaytgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 109-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

Prezident ta’tilda vaqti uning vakolatlari hech kimga topshirilmaydi. Prezident o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarga ta’til kirmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 112-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.

Kiritildi: 11:50 29.09.2025. O'qildi: 2224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!