Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Lahorda fohishalik uyiga sotib yuborilgan shaxs qutqarildi

A A A
Lahorda fohishalik uyiga sotib yuborilgan shaxs qutqarildi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Pokistonda odam savdosi qurboni bo‘lgan hamyurtimiz X.E. O‘zbekistonga qaytarildi.

Bu haqda "Dunyo" AA ma’lum qildi.

Mamlakatimizning Islomoboddagi diplomatik vakolatxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, hamyurtimiz X.E. Pokistonga aldov yo‘li bilan kelib qolganini, odam savdosi qurboniga aylanganini ma’lum qilgan va O‘zbekistonga qaytishida ko‘mak so‘rab murojaat qilgan.

Yurtdoshimiz 2018 yilda Pokistonning Lahor shahriga ayollar salonida ishlash sharti bilan kelgan. Biroq Lahorda noma’lum shaxslar tomonidan fohishalik uyiga sotib yuborilgan.

O‘zbekiston elchixonasi murojaatda keltirilgan vajlarni o‘rganib, X.E.ga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi. Zarur hujjatlar, jumladan, Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi.

Pokiston mutasaddi vazirlik va idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mamlakatda bo‘lib turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq javobgarlikka tortish holati bartaraf etildi. X.E. jarima va to‘lovlarsiz deportasiya qilinishi ta’minlandi.

O‘zbekiston elchixona va Migrasiya agentligi yordamida hamyurtimizga O‘zbekistonga qaytish uchun aviachipta xarid qilindi va u 27 sentyabr kuni "Uzbekistan Airways" AJning "Islomobod-Toshkent" reysi orqali Vatanga qaytarildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash va ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish O‘zbekiston tashqi siyosatining hamda mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalarining ustuvor vazifalardan biri hisobladi.

Kiritildi: 13:17 29.09.2025. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!