Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Vitaliy Denisov: «Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilsa, men O‘zbekistonga muxlislik qilaman»

Vitaliy Denisov: «Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilsa, men O‘zbekistonga muxlislik qilaman»

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, bunday bahs har ikki tomon uchun yaxshi sinov bo‘lardi va futbolchilarni jiddiy rag‘batlantirardi. Denisovning aytishicha, O‘zbekiston terma jamoasi raqobatbardosh futbol ko‘rsata oladi va o‘yin o‘tkazilsa, u o‘z milliy jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi.

— Biz, O‘zbekiston terma jamoasi, maydonda ko‘rsata oladigan jihatlarimiz ko‘p. Hech kimni ranjitishni istamayman, lekin tabiiyki, men O‘zbekiston termasiga muxlislik qilaman. Bu uchrashuvda har ikki jamoaga ham oson bo‘lmaydi, shu bois o‘yin qiziqarli kechar edi, — deb Denisovning so‘zlarini keltiradi «Sovetskiy sport».

Hozirda FIFA reytingida Rossiya 33-o‘rinda, O‘zbekiston esa 54-o‘rinda joylashgan.

Kiritildi: 08:15 27.09.2025. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!