"Manchester Siti" shanba oqshomida "Byornli"ni o‘z maydonida qabul qiladi.
"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola ertaga maydonga tushmaydigan futbolchilarni aytdi.
"Xoland tayyor. Ait-Nuri, Sherki, Marmush va Husanov - tayyor emas. Kovachichda o‘ynash imkoniyati bor. Uning qaytishi bizga katta yordam beradi. U operasiya tufayli uzoq vaqt o‘ynamadi. Lekin tayyorgarlik ko‘ryapti", - dedi Gvardiola jurnalistlarga.
"Manchester Siti" - "Byornli" uchrashuvi 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.