FourFourTwo portali jurnalistlari "Oltin to‘p" tarixidagi eng katta adolatsizliklar reytingini e’lon qildi.
Birinchi o‘rinni "Bavariya"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Barselona" futbolchisi Robert Levandovski egalladi. Tahlilchilarning fikricha, 2021 yilda mukofotni argentinalik Lionel Messi emas, aynan u olishi kerak edi.
Ikkinchi o‘rinda "Arsenal"ning afsonaviy fransuz sobiq hujumchisi Tyerri Anri joylashdi. Hujumchi 2003 yilda "Oltin to‘p"ga ko‘proq munosib deb topilgan. O‘sha paytda mukofotni chexiyalik yarim himoyachi Pavel Nedved qo‘lga kiritgan edi.
Kuchli uchlikni Niderlandiya terma jamoasi va Milanning "Inter" klubi sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder yakunladi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, u 2010 yilda Leo Messiga qaraganda ko‘proq mukofotga loyiq bo‘lgan.