Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Quddusdagi teraktda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Quddusdagi teraktda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Dushanba kuni Quddus avtovokzalida yuz bergan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kishi o‘t ochgan va keyinchalik "zararsizlantirilgan".

Avvalroq kamida 20 kishi jabrlangani, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir ekani xabar qilingandi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, polisiya hujum haqida mahalliy vaqt bilan soat 10:13 da xabar olgan. Hodisa Ramot avtovokzalida yuz bergan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchilar avtobusdagi yo‘lovchilarga qarata o‘t ochgan.

Kiritildi: 13:33 08.09.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!